Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi to’g’risida

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi to’g’risida

“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir”.

Sh.Mirziyoyev

Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan qonun, qaror va me’yoriy hujjatlarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish va aholiga sifatli axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, institut axborot-resurs markazi sohaga doir qonun, qaror va me’yoriy hujjatlar asosida faoliyat olib borib, yil davomida ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z oldiga qator vazifalarni belgilab oldi. Jumladan, institut axborot-resurs markazida Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi shuningdek, “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturi” da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi, ARMning yillik faoliyat rejasi va Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, yil boshida talabalar bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi, 1-kurs maktabi doirasida “Suhbat-sayohat” tadbirlari rejasi, yangi adabiyotlarni xarid qilish yuzsidan chora-tadbirlar rejasi, fanlardan yetishmaydigan o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etish rejasi belgilab olindi. Faoliyatga doir belgilangan ushbu rejalarni amalga oshirishdan maqsad talaba-yoshlarga shuningdek, aholining barcha qatlamlariga axborot kutubxona xizmatlari ko‘rsatish, kitobxonlarga tez va sifatli axborotlarni yetkazish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Shu o`rinda axborot-resurs markazi tarixiga bir nazar tashlaymiz: Jizzax davlat pedagogika instituti 1974-yilda tashkil topgan bo’lib, shu yili kutubxona o’z faoliyatini boshlagan. Dastlabki yillarda kutubxona 1789 ta kitob fondiga ega bo’lib, 1437 ta kitobxonga xizmat ko’rsatgan. Kutubxona 4 ta bo’limda faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda axborot–resurs markazida jami 42 ta xodim xizmat ko’rsatmoqda, ulardan 15 nafari oliy, 27 nafari o`rta maxsus ma’lumotli. Ayni paytda axborot –resurs markaziga oliy ma’lumotli mutaxassis R.T.Ishnazarova rahbarlik qilmoqda.

Axborot-resurs markazining umumiy maydoni 2960 kv.mni, jami o‘rindiqlar soni 305 tani tashkil etadi. Yil davomida 6ta o‘quv zali va Xizmat ko‘rsatish bo‘limlari kitobxonlarga axborot xizmatlari ko‘rsatdi. Shuningdek, foydalanuvchilarning o‘quv-ta’limiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida axborot-resurs markazining Talabalar turar joyida tashkil etilgan 1-2 tarmoqlar ham zarur adabiyotlar fondiga ega bo‘lib, TTJ da yashovchi talabalar uchun xizmat ko‘rsatdi. Shu bilan birga, asosiy o‘quv binosidan uzoqda joylashgan fakultetlar - Tarix, Matematika-informatika hamda Fizika va texnologik ta’lim fakultetlari qoshida ham ARM tarmoqlari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur tarmoqlarda talaba-yoshlarning kerakli vaqtda zarur axborotlarni olishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. 2021 yil davomida axborot-resurs markazining umumiy fondi 532 nomda 4277 dona 207582081.7 so‘mlik yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Shundan darslik - 89 nomda, 959 dona, o`quv adabiyotlar – 256 nomda, 2067 dona, pedagogik –metodik – 39 nomda, 169 dona, ma`lumotnoma, to`plam, al`bom - 40 nomda, 79 dona, badiiy adabiyotlar - 94 nomda, 314 dona, shuningdek vaqtli matbuot nashrlari 14 nomda, 689 donani tashkil etdi. Ayni paytda ARM ning jami kitob fondi 20328 nomda, 142506 (vaqtli matbuotdan tashqari) donaga yetkazildi. Shuningdek, ARMning 28430 ta elektron resurslar fondi mavjud bo‘lib, umumiy fond 170936 tani, kitobxonlar soni esa – 16738 nafarni tashkil etdi. Axborot-resurs markaziga yil davomidagi qatnovlar soni - 183828 ta, berilgan adabiyotlar - 549252 tani shuningdek, kitobxonlarning ARMga kunlik o`rtacha qatnovlar soni 500-550 tani tashkil etdi. Institut axborot-resurs markazi foydalanuvchilarga zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 2021 yil davomida 9 dona so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlamalari va 1 dona zamonaviy printer bilan ta’minlandi. Ayni paytda mustahkam moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan axborot -resurs markazida jami 51 ta kompyuter, 2 ta printer, 1 dona Canon MF 443dw rusumli skaner, 4 dona (3/1) skaner, 1 ta “Artel” rusumli televizor, 1 ta videoproektor kitobxonlarga axborot xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 21 tasi ishchi kompyuterlar bo‘lib, qolganlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, axborot-resurs markazining Talabalar turar joyida hamda fakultetlar qoshida tashkil qilingan tarmoqlari ham yetarlicha kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangan.

Axborot-resurs markazi 2021-yilda foydalanuvchilarga masofadan turib zamonaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish maqsadida o‘zining www.lib.jspi.uz sayti, JSPI-library telegram-bot kanali hamda JDPI elektron kutubxona telegramm kanali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Foydalanuvchilarning elektron axborot-resurslaridan erkin foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari JDPI o`qituvchilari-ARM telegramm kanali mavjud bo‘lib, professor-o‘qituvchilar uchun masofaviy axborot xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuterlar INTERNET tarmog‘iga ulangan. Shu bilan birga ARMda WiFi zonalar mavjud.

Institut axborot-resurs markazida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar ham reja asosida olib borildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq joriy yilning 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida “Eng yaxshi harbiy kitobxon” tanlovi, 19 yanvar kuni ARMning faol kitobxonlari ishtirokida 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturi”ning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga doir davra suhbati, 19 fevral kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘limi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli kitobining taqdimoti kabi tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qaroriga muvofiq aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilanganligi munosabati bilan joriy yilning 5-10 aprel kunlari institut axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan bir vaqtda o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar viloyat OAVda hamda “ARM yangiliklari” rukni ostida institutning jspi.uz va ARMning lib.jspi.uz veb sahifasida yoritib borildi. Bunday targ`ibot tadbirlari ARMning talabalar turar joyi tarmog`ida ham tashkil etildi.

ARMda kitobxonlarga axborot–bibliografik ma’lumotlarni etkazish borasida “Kafedra-kutubxona-talaba” hamkorligi yo’lga qo’yilgan. Foydalanuvchilar mazkur ma’lumotlar tizimiga yil mobaynida 137 ta og‘zaki hamda 105 ta yozma so‘rovlar bilan murojaat qildi. Shu bilan birga “Talab va takliflar daftari” yuritilib, ta’lim yo‘nalishlaridan zarur adabiyotlarga buyurtmalar olindi. Jumladan, ushbu yil davomida foydalanuvchilar tomonidan jami 273 nomda buyurtmalar qabul qilindi.

Axborot – resurs markazida quyidagi ichki bo’limlar faoliyat olib boradi: Xorijiy adabiyotlar bo’limi 42 o’rinli bo’lib, umumiy fondi- 740 ta. Bo’limda G.Quvnoqova va M.Eshonqulovalar xizmat ko’rsatadi. Xizmat ko’rsatish bo’limining umumiy fondi 118310 ta bo’lib, 5 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko’rsatadi.

Ijtimoiy - gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o`quv xonasi 42 o’rinli bo’lib, 3525 ta kitob fondiga ega. Mazkur bo’lim ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan. bo’limda Irgasheva Munojat va Sarvarova Sadoqatlar faoliyat olib boradi.

Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan o`quv xonasi 42 o’ringa mo’ljallangan. Bo’limda aniq fanlarga doir adabiyotlar jamlangan bo’lib, ular 2953 tani tashkil etadi. Mazkur bo’limda Danyarova Mohira va D.Rustamovalar xizmat ko’rsatadi.

Ilmiy – uslubiy bo’limda bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy bitiruv ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari saqlanadi. Bo’limning umumiy fondi 7814 ta bo’lib, M.Bobonazarova faoliyat olib boradi. Bibliografiya bo’limi ARM fondini kataloglashtirish, kitobxonlarning axborot-bibliografik so’rovlariga javob berish, mavzuli kartotekalar yuritish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bo’lim ishlarini D.Dadasheva tashkil etib boradi.

Davriy nashrlar o`quv zalida so`ngi besh yillikdagi oynoma va ro`znomalar saqlanadi. O`quv zalida D.Fayzullayeva xizmat ko`rsatadi. Badiiy adabiyotlar bo’limida 6279 nusxadagi adabiyotlar mavjud bo’lib, bo’limda L.Alimova va D.Jabbarovalar faoliyat olib boradi. Elektron darsliklar bo’limi fondi 28430 ta bo`lib, bo’limda 5 nafar xodim xizmat ko`rsatadi.

ARM xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish ishlari ham reja asosida olib borildi. Joriy yilning aprel oyida 2 nafar xodim O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan viloyat AKMda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar. Shu kunga qadar jami malaka oshirgan xodimlar soni 26 nafarga yetdi. Shuningdek, Milliy kutubxona tomonidan aprel oyida Ebsco information Services tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darslarida ARM xodimlaridan 3 nafari ishtirok etib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishdi. Shu bilan birga, joriy yilning 16-17 dekabr kunlari axborot-resurs markazining bir guruh xodimlari “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil etish va talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ARM faoliyatini moslashtirish masalalari” bo‘yicha Respublikamizning yetakchi Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, ilg‘or tajribalar bilan tanishib qaytdi.

Axborot-resurs markazida ta’limning uzviyligini ta’minlash borasida institut tasarrufidagi G‘allaorol va Mirzacho‘l texnikumlari hamda Akademik litsey bilan ham hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu ta’lim muassasalarining kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarning o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish maqsadida zarur adabiyotlarning elektron versiyalari yetkazib berildi. Ularda tahsil oladigan o‘quvchi-yoshlarning ARM xizmatlaridan erkin foydalanishlari hamda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari uchun yetarlicha sharoitlar mavjud. Shuningdek, mazkur ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar ham tashkil etib borildi. Jumladan, aprel oyining 1-haftasida o‘tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi”da viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari ishtirok etdilar.

Iinstitut talabalarining mustaqil bilim olishlariga kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida A.Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasiga jamoaviy a`zolik to`g`risida shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomaning imzolanishi orqali foydalanuvchlar jahon ilmiy-ta`limiy ma`lumotlar bazasi: Springer, EBSCO information servicesdan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.. Shuningdek, xalqaro ma`lumotlar bazasi -“ELINE press” Scopus kabi ilmiy bazalardаn foydalanuvchilar soni ham tobora оrtmoqda.

Shuningdek, axborot-resurs markazida institutda tahsil oladigan jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun maxsus axborot xizmatlari tashkil etilgan. Jumladan, bunday talabalar uchun maxsus NVDA dasturidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga, bunday talabalar uchun viloyat ko`zi ojizlar kutubonasidan Brayl usulida chop etilgan o`quv adabiyotlarni olib kelish yo`lga qo`yilgan. Bugungi texnik taraqqiyot asrida kutubxona sohasiga avtomatlashtirish va telekommunikatsiya vositalarining joriy etilishi axborot-resurs markazining foydalanuvchisiga tez va sifatli axborot xizmati ko’rsatishni taqozo etadi. Ana shunday davr talablaridan kelib chiqib, institut axborot-resurs markazi jamoasi kitobxonlarga axborot xizmatlari ko’rsatishning zamonaviy usullarini o’z faoliyatida tadbiq etish ustida ish olib bormoqdalar.

Institut ARM direktori:                     R. Ishnazarova