Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi

Axborot-resurs markazi axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri Darvisheva Sayyora Kenjayevna

Tug`ilgan sana: 27.10.1969
Tel: (91) 594-51-59
Pochta: jdpikutubxona@mail.ru

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri ish tajribasiga ega bo`lgan malakali xodim hisoblanadi. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri bevosita ARM direktori va uning o‘rinbosariga bo‘ysunadi. ARM ning Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri bo‘limdagi barcha ishlarga rahbarlik qiladi, bo‘lim ishining tashkil etilishi uchun javobgardir. Bo‘limning ish rejalari bo‘lim mudiri tomonidan tuziladi va institut ARM kengashida muhokama qilinadi, so‘ngra institut ARM direktori tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘limning yozma va raqamli hisobotlari bo‘lim mudiri tomonidan tuziladi va institut ARM direktoriga topshiriladi. Bo‘lim mudiri har bir xodimning o‘z vazifalari, shaxsiy ish rejalari bajarilishini nazorat qilib boradi. Bo‘lim mudiri bo‘limning ish rejasi, tadbirlar rejasi va ilmiy-uslubiy rejalaridagi ishlarning bajarilishiga, bo‘lim xodimlari o‘rtasida ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishiga hamda yosh xodimlar bilan olib borilayotgan ishlar uchun javobgardir.