Sumalakdan tosh topdim

Sumalakdan tosh topdim, Bir parcha quyosh topdim. Ko‘ksimda yondi umid, Bir ajib sirdosh topdim» Xa sumalakni kim ham yoqtirmaydi deysiz. Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezib yuribdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Maktabgacha ta’lim fakulteti birinchilardan bo‘lib universitet hovlisida sumalak saylini boshlab yuborishdi.Bahor kelishi bilan barchamiz sog‘ingan bahoriy taomlar ham tayyorlanib, ko‘nglimizga iliqlik, dillarga hushlik olib keladi. Sumalak saylini barchamiz intiqib kutishimiz tabiiy albatta. Mazkur taom tayyorlanish jarayonining o‘zi ham bir an’ana tusiga kirgan. Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan bu yil o‘zgacha kayfiyat bilan tansiq taom tayyorlash maqsadida qozon osilib, unga mehr berib o‘t qaladilar. Suratlarda ko‘rib turganingizdek fakultet dekani bosh qolganlar yonbosh bo‘lib sumalak kovlashmoqda.