Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti umumiy pedagogika kafedrasi hamda axborot-resurs markazi hamkorligida "Muhammad Yusuf el ardog'idagi shoir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalar tomonidan shoirning hayot va ijodi, mazmunga to'la sherlari o'qib eshittirildi. Shoir sherlariga bastalangan go'zal kuy qo'shiqlar tadbirga ko'tarinkilik baxsh etdi.
Shuningdek, “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni Badiiy adabiyotlar bo‘limi xodimasi D.Jabborova va bibliograf D.Dadashevalar tashkil etdi.
Taqdimotda “Ozarbayjon zamonaviy she’riyati antologiyasi”, “Turkman zamonaviy adabiyoti” shuningdek o‘zbek, qozoq, turk adabiyoti yozuvchilari va ularning durdona asarlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi.