"MA'RIFATPARVAR JADIDLAR" mavzusida davra suhbati

Turkistonda vujudga kelgan jadidlikning asosiy bosh maqsadi jamiyat taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan barcha sohalarda innovatsion gʻoyalarni joriy qilish edi. Bu bilan jadidlar xalqning yashash tarzini oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini rivojlantirishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar Turkistonda milliy rivojlanish pozitsiyasining boshida jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotini taʼminlash gʻoyasini olib chiqdi. Ular siyosiy faoliyatida mustaqillik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maqsadni ilgari surdi.

Joriy yilning 2- Oktabr kuni axborot-resurs markazi o`quv xonasida ARM da faoliyat yuritayotgan "Qodiriy vorislari" kitobxonlar to`garagi hamda universitet Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi professor-o`qituvchi, tyutor va talabalari hamkorligida "MA'RIFATPARVAR JADIDLAR" mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbati davomida fakulteti talabalariga ARMdan foydalanish qoidalari, fondlari va a’zolik, masofaviy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamda armda faoliyat yuritayotgan "Qodiriy vorislari" kitobxonlar to‘garagi va "Tafakkur" klubi , ARMda 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bo`limda tashkil etilgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oliy taʼlim muassasasi talabalariga oʻqish uchun tavsiya etilgan eng sara         150 ta badiiy adabiyotlar bilan tanishtirildi. Ushbu adabiyotlarni "7 kunda 1 kitob " loyihasi asosida o`qishlari taklifi bildirildi.

Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo`lub o`tdi.