6 aprel kuni universitetga biriktirilgan Jizzax shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabi va axborot-resurs markazi hamkorligida “Kitob bizni birlashtiradi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu kitobxonlik tadbirida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni ARM xodimasi O.Ashirova kirish so‘zi bilan ochib, o‘quvchilarni kitob mutollasiga ko‘proq vaqt ajratishga chaqirdi. Tadbir davomida o‘quvchilar kitobxonlik to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida maktabning faol kitobxonlari estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.