Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Joriy yilning 15-mart kuni Universitetning Maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, 2-bosqich talabalari hamda Axborot-resurs markazining “Qodiriy vorislari” kitobxonlar to‘garagi bilan hamkorlikda “Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan kafedra o‘qituvchisi M. Usmonova ochib berdi. Shundan so‘ng Axborot–resurs markazi yetakchi mutaxassisi S.Isroilova mavzusiga doir hamda ARM fondiga sohalarga oid yangi kelgan o‘quv adabiyotlardan tashkil topgan “Yangi adabiyotlar sizlar uchun!” nomli kitob ko‘rgazmalari oldida og‘zaki sharx berib o‘tdi. “Qodiriy vorislari” to‘garagi rahbari S.Darvisheva o‘z so‘zida: hozirgi kunda ARM da “Qodiriy vorislari” kitobxonlar to‘garagi faoliyat yuritib kelmokda. Toʻgarakka fakultet talabalari jalb kilingan boʻlib, ular bilan birgalikda kitob taqdimotlari, turli tadbirlar, zakovat oʻyinlari olib boriladi. “Birgalikda kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Har bir talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 kitob” ro’yxati shakllantirilganligi, ushbu kitoblarni olib o‘qishlari uchun talabalar badiiy adabiyotlar №111 o‘quv xonasiga murojaat etishlarini hamda ARMda faoliyat yuritayotgan “Qodiriy vorislari” kitobxonlar to‘garakka a’zo bo‘lishlarini aytib o‘tdi. Ro’yxatga kiritilgan James Clearning “Atom odatlari” asari yuzasidan talabalar fikr almashdilar. Tadbir barcha qatnashchilarda katta qiziqish va ta’surotlar qoldirdi.