5-6 sentyabr kunlari axborot-resurs markazida “1-kurs maktabi” doirasida 2023-2024 o‘quv yilida qabul qilingan talabalari bilan suhbat-sayohat tadbirlari davom ettirildi.
Tadbirda Tibbiyot, Boshlang‘ich ta’lim va Xorijiy tillar fakulteti talabalari, guruh tyuterlari hamda yetakchi talabalar ishtirok etdi. Suhbat-sayyohatda talabalarga axborot-resurs markazi faoliyati to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berildi.