Joriy yilning 5 dekabr kuni universitet axborot-resurs markazi Majlislar zalida “Besh muhim tashabbus-amalda” loyihasi doirasida “Eng faol kitobxon ” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Pedagogika –psixologiya fakulteti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda barcha fakultetlardan eng faol kitobxonlar ishtirok etib, 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov hakamlari xulosasiga ko‘ra, “Eng faol kitobxon” deb e’tirof etilgan g‘oliblar, axborot-resurs markazi rahbariyati tomonidan Faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirda fakudtet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.