E’tirofga munosib ayol
Tarix fanlari doktori, professor «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, Faniya Axmedshina haqida o‘ylaganimda ko‘z o‘ngimda odamiylik va olimlikni o‘zida mujassamlashtirgan, halol va kamtarin inson gavdalanadi. 40 yildan beri Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatyotgan Faniya Axmedshinani chinakam fidoyi, xokisor, bag‘rikeng ayol desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Umrining har bir daqiqasini ilm-fan va ta’limga bag‘ishlagan ustoz uchun bugun yana bir quvonchli kunga aylandi. Jizzax davlat pedagogika universitetining kichik majlislar zali bugun ustozning xursandchilik kuniga sherik bo‘lish uchun kelgan shogirdlari va hamkasblari bilan to‘ldi. Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining Jizzax viloyati bo‘yicha hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bobur Qodirov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning professor Faniya Axmedshinaga yo‘llagan tabrik xati o‘qib eshttirildi.