Universitetimizda AQSh elchixonasi hamkorligida shartnoma asosida faoliyat olib borayotgan ingliz tili mutaxassisi Sandra Israel xonim va Xorijiy tillari fakulteti o‘qituvchisi D.Boymatovalar 18 sentyabr kuni axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, markazning kitob fondi, ish tartibi hamda xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.