Respublika hukumatining tegishli qarori bilan yurtimizda 24-25 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan. Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tadigan mazkur hashar “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida tashkillashtirilib, mahallalar, xiyobonlar,turar joylar, tashkilot va muassasalarda obodonlashtirish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Ana shu maqsad bilan boshlanib ketgan bugungi umumxalq xayriya hasharida Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazi jamoasi ham uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda. Jumladan, asosiy binoda joylashgan o‘quv xonalari, Jismoniy tarbiya, Rus tili va adabiyoti fakultetidagi o‘quv xonalari, shuningdek, Talabalar turar joyi va fakultetlar qoshida faoliyat olib borayotgan ARM tarmoqlarida ham tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.