Universitetning Bog'ishamol ARM tarmog'ida Filologiya fakulteti “Ingliz tili nazariyasi va metodikasi” kafedrasi dotsenti v/b Dildora Safarova, katta o‘qituvchilar Irina Avyasova, Fotima Abdullaeva hamda o‘qituvchi Dildora Saparbekovalar muallifligida yaratilgan “Intercultural Communications and Language Teaching” nomli darslik-kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📖 Tadbir davomida darslikning mazmuni, uning zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgani, til o‘rgatishda madaniyatlararo muloqotning o‘rni haqida so‘z yuritildi. 💬 Ishtirokchilar yangi darslik nafaqat talabalarga, balki ingliz tili o‘qituvchilari uchun ham muhim qo‘llanma bo‘lishini ta’kidladilar.