Universitet axborot-resurs markaziga Sayiljoyi akademik litseyi talabalari tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalarga zamonaviy innovatsion axborot xizmatlari o’quv zali ish faoliyati, ARMdan foydalanish qoidalari, fondlari va a’zolik, masofaviy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamda ARMda faoliyat yuritayotgan "Qodiriy vorislari" kitobxonlar to‘garagi hamda “Tafakkur” kitobxonlar klubi haqida , ARMda 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, foydalanuvchilarga barcha qulayliklar yaratilganligi haqida ma’lumotlar berildi.