Bugun Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim, Tibbiyot, Pedagogika fakultetlari talabalari hamda Do‘stlik tumanidagi 1-sonli IDUM o‘quvchilari ishtirokida suhbat-sayohat tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar zamonaviy kutubxona xizmatlari, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari va kitobxonlikni kengaytirish borasidagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. ⚡️Bunday uchrashuvlar talabalar va o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kutubxonani do‘stona maskan sifatida ko‘rishga xizmat qilmoqda.