Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi 2025–2026 o‘quv yili talabalar uchun quvonchli yangiliklar olib keldi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida 18 ta yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Ushbu turar joylar umumiy hisobda 9 ming 980 o‘ringa mo‘ljallangan. Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida ham tantanali marosim tashkil etildi. Universitetning “Bog‘ishamol” hududida qad rostlagan 600 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi tantanali ravishda talabalar ixtiyoriga topshirildi.