Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri E’zoza Karimova Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrifi davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yangiliklar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab vazir 7/24 rejimida talaba va o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatayotgan Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda kitobxonlik madaniyatini oshirish, zamonaviy elektron kutubxona xizmatlari, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.