Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda!
🔺Universitet Axborot-resurs markazi jamoasi Respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi. Markaz binosi egallagan 312 kv.m hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🔻Jumladan: hududdagi 54 tup daraxtga shakl berilib, oqlandi; bino atrofi supurib tozalandi; deraza oynalari artildi; maysazor va gullar sug‘orilib, parvarish qilindi; 182 metr uzunlikdagi tayanch devor (bardyor) ohaklandi.
🔻Jamoaning bunday sa’y-harakatlari hududni yanada fayzli va obod maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.