Universitet axborot-resurs markazi jamoasi ham "Dolzarb 90 kun" loyihasida faol ishtirok etib, o‘z kitobxonlarini kutubxonaga ko‘proq jalb qilish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishga harakat qilmoqdalar, Ana shu maqsadda tashkil etilgan bugungi tadbir "Tafakkur" kitobxonlar klubi faollarini markazga jamladi. Mazkur kitobxonlar klubi faollarining sa’y-harakatlari bilan universitetda o‘quv yili davomida 7/24 rejimda faoliyat ko‘rsatgan klub va to‘garaklar orasida "Eng faol to‘garak" nomi bilan e’tirof etildi.