Dr.Anthony Jarvis boshchiligidagi delegatsiya tashrifi hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan uchrashuv bilan boshlandi. Uchrashuvda universitetda MA TESOL magistratura yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat olib borildi.Yakunda tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladilar. Quvonarlisi shuki, endi Jizzaxlik yoshlar ham Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha Xalqaro darajadagi magistraturada tahsil olish imkoniga ega bo‘ladilar. Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga Jizzax davlat pedagogika universiteti ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng mehmonlar Xorijiy tillar fakultetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi, dars jarayonlarini kuzatishdi. O‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qilishdi.Oliygohdagi diqqatga sazovor joylar, jumladan 7/24 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi axborot xizmat markazi, madaniyat saroyi, “Professorlar bog‘i”, sport maydonchalariga tashrif buyurishdi.