2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi. Haftalik davomida “Ochiq eshiklar kuni” kitoblar ko‘rgazmasi, “Bir haftada bir kitob”, aksiyalari tashkil etiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida oilaviy kitob o‘qish an’anasini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon ustoz”, “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovlari o‘tkaziladi.