Pedagogika va psixologiya fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov ijodiga bag‘ishlangan “Bir asar tahlili" tadbirini o‘tkazishdi. Talaba yoshlar tadbirda adibning "Dunyoning ishlari” asaridagi obrazlarini tahlil qilish bilan birgalikda sahna ko‘rinishlarini ham ijro etishdi.