Amir Temur -adolat va jasorat timsoli mavzusida Filologiya fatulteti axborot-kunyubxona yo’nalishi 652/25 guruh talabalari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. -Amir Temur XIV asrda yashab, tarixda buyuk sarkarda va dono davlat arbobi sifatida nom qoldirgan. U markazlashgan kuchli davlat barpo etib, mamlakatda tartib-intizomni mustahkamladi.
Amir Temur ilm-fan, madaniyat va savdoga katta e’tibor bergan, shu sababli uning davrida yurt taraqqiy etgan. U o‘zining adolatli siyosati va qat’iy boshqaruvi bilan xalq hurmatini qozongan. Bugungi kunda ham Amir Temur merosi yosh avlod uchun ibrat manbai hisoblanadi.