Jizzax davlat pedagogika universiteti 1-sonli Talabalar turar joyida xalqimizning sevimli shoirasi va taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida shoiraning hayoti va ijodiga oid ma’ruzalar, she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va yuksak insoniy fazilatlar tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.