Universitetga tashrif buyurgan University of Georgia professorlari oliy ta’lim muassasasi faoliyati, infratuzilmasi va ma’naviy-ma’rifiy muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Dastlab mehmonlar universitet kutubxonasida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, axborot-resurs bazasi hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng sport maydonlari ko‘zdan kechirilib, talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida mehmonlar "Professorlar bog‘i"da ham bo‘lib, universitet ilmiy salohiyati va akademik an’analari haqida fikr almashdilar.