Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamkorligida akademik litseyda “Jadid adabiyoti namoyandalari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda jadidchilik harakatining yirik vakillari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat hamda Abdulla Avloniy hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati shaklida o‘tgan tadbir “Jadidlar g‘oyalari — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasi bilan hamohang” mavzusida mazmunli bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar jadid ma’rifatparvarlarining ilmiy-ma’naviy merosi va uning bugungi kundagi ahamiyati xususida fikr almashdilar.