“Bobur shoh va shoir” – ma’naviyat va san’at uyg‘unligidagi tadbir o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazi hamda Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Bobur shoh va shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va boy adabiy merosi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida g‘azalxonlik kechasi o‘tkazilib, Bobur g‘azallari ifodali tarzda ijro etildi.



