13-noyabr kuni Usmon Nosir tavalludining 113-yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti “O‘zbek adabiyotini o‘qitish” metodikasi kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati ARMda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 📍 Tadbirda Usmon Nosirning adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, uning badiiy merosi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbir davomida talaba yoshlar Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida fikr almashishdi, uning she’rlaridan namuna o‘qib, asarlariga ijobiy tahlillar berishdi.
👍 Mazkur tadbir yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiyoti arboblarini ardoqlash va ularning ma’naviy merosini avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.