Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final, ya’ni fakultetlar aro bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda har bir fakultetning birinchi bosqichdan eng yuqori natijani ko‘rsatgan 6 nafar talabalardan iborat jamoalari Zakovat intellektual turnirida o‘zaro bellashdi. ☄ Turnir davomida talabalar nafaqat kitobxonlik salohiyatini, balki tez fikrlash, mantiqiy tahlil va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini ham namoyish etdilar. Bellashuv yuqori raqobat va qiziqarli intellektual kurash ruhida kechdi. Yakunda:
🏆1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti
🥈2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti
🥉3-o‘rin – Fizika va texnologik ta’lim fakulteti
⚡️ Mazkur tanlov yoshlarni kitobxonlikka, intellektual rivojlanishga va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda hamda fakultetlararo do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga katta turtki beradi.