ARM Ilmiy-uslubiy axborot-ma’lumot bo‘limi, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamda Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari hamkorligida taniqli adib va yirik davlat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 🕯 Tadbir davomida yozuvchining boy hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar uchun adib hayotiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi hamda Sharof Rashidov ijodiga oid adabiyotlardan ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
🎤Talabalar yozuvchining asarlaridan parchalar o‘qib, mavzuga oid chiqishlar bilan ishtirok etdilar.