Filologiya fakulteti O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yotoqxonaning Axborot-resurs markazida “Ona tilimiz – milliy qadriyatimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni, tilga ehtirom va asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar talabalar bilan samimiy muloqot olib borib, ayrim o‘zbekcha so‘zlarning kelib chiqishi va izohlarini bayon etishdi. 🇺🇿 Tadbir yakunida ona tilimizni tarannum etish, uni qadrlash va u orqali milliy g‘ururni his qilish har bir yosh uchun muhim ekani ta’kidlandi.