O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o‘quvchilari Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurdilar.
🛍 Tashrif davomida o‘quvchilar fakultet faoliyati, ta’lim jarayonlari, kafedra tarkibi va o‘quv dasturlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular kutubxona, auditoriya, ovqatlanish joyi va faollar zalini ko‘zdan kechirdilar.
‼️ Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayonlari, talabalik hayoti hamda ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
👉 Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.