“Kitob oʻqish soati” doirasida har oyda tashkil etilayotgan navbatdagi tanlov 21-avgust sanasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda 10 nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Tanlov iyun oyida o‘qilishi tavsiya etilgan J.Jovliyevning “Qo‘rqma”, Said Ahmadning “Ufq”, Jorj Oruellning “1984” asarlari yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tdi.