Axborot-resurs markazida buyuk vatandoshimiz va tasavvuf ilmining yirik namoyondasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan “Ma’naviyatimizning buyuk siymosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir axborot-resurs markazi xodimlari, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Termiziyning hadis ilmidagi o’rniga alohida e’tibor qaratildi.